“Amir Temur” filmi 2-9-aprel kunlari turli mamlakatlarda namoyish etiladi

Saqlash
16:05 / 17.03.2026 72 0

Oʻzbekiston va Qozogʻistonda suratga olingan “Amir Temur” tarixiy-badiiy filmi 2-9-aprel kunlari namoyish etiladi, hozirda uning treyleri eʼlon qilingan.

 

 

Netflix tomonidan 2022-yil Oʻzbekiston va Qozogʻistonda sratga olish ishlari boshlangan “Temurlan: soʻnggi jahongirning yuksalishi” filmi oʻtgan yilning may oyida tayyor boʻlgani maʼlum qilingan edi.

 

Suratga olish guruhiga Oʻzbekiston, Qozogʻiston va AQSH mutaxassislari jalb etilgan. Rejissyor Jeykob Shvars, ssenariy muallifi Metyu Grin. Amir Temur rolini Kristian Mortensen oʻynagan. Amir Husaynning raqibini Mahesh Jadu, Aljayning rafiqasini esa oʻzbek aktrisasi Yulduz Rajabova ijro etgan. Ikkinchi darajali rollarda Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan aktyorlar, xususan, Jandos Aybasov, Yerkebulan Dayыrov va Sanjar Madi ishtirok etgan.

 

Filmda XIV asr oʻrtalarida Moʻgʻullar imperiyasi qulaganidan soʻng, Buyuk Ipak yoʻli mintaqasi siyosiy beqarorlikka tushib qolgan davrlar tasvirlangan. Syujet markazida shaxsiy yoʻqotishlar va ogʻir jarohatdan soʻng hokimiyat uchun kurash boshlab, raqiblariga qarshi turgan va oʻz mavqeini tiklagan yosh Temur obrazi turadi. Loyiha 16+ yosh chegarasiga ega tarixiy harbiy epos sifatida taqdim etilmoqda. Film Mystery Box xalqaro prodakshn kompaniyasi tomonidan suratga olingan.

 

Baʼzi manbalarda keltirilishicha, filmni namoyish etish huquqi allaqachon 120 dan ortiq mamlakat va mintaqalarga sotilgan. Ular qatorida MDH davlatlari (Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Rossiya, Qirgʻiziston, Tojikiston, Belarus), Yaqin Sharq (BAA, Saudiya Arabistoni, Qatar, Misr va boshqalar), Yevropa (Fransiya, Ispaniya, Germaniya, Turkiya), Osiyo (Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya, Moʻgʻuliston), shuningdek, Lotin Amerikasi va Afrika mamlakatlari bor.

 

Lekin rasmiy axborotga koʻra film Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Ozarboyjon, Rossiya va Belarus kinoteatrlarida namoyish etilishi qayd etilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//