Madaniyat
5-iyun kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari Madaniyat vazirlari hamda AQSH Davlat kotibi vakili bilan “C5+1” formatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.
2025-yilning 7-noyabr kuni AQSHning Vashington shahrida Prezident Donald Tramp, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovlar ishtirokida “C5+1” formatidagi sammit boʻlib oʻtgandi.
Ushbu uchrashuvda “C5+1” formati doirasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida davlatimiz rahbari qator tashabbuslarni ilgari surgandi. Tashabbuslar orasida madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash ham belgilangan edi.
.jpg)
Sammit doirasidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida, 5-iyun kuni Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari Madaniyat vazirlari hamda AQSH Davlat kotibi vakili bilan “C5+1” formatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Qozogʻiston Respublikasi Madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva, Qirgʻiz Respublikasi Madaniyat, axborot va yoshlar siyosati vaziri Mirbek Mambetaliyev, Tojikiston Respublikasi Madaniyat vaziri Matluba Sattoriyon, Turkmaniston Madaniyat vaziri oʻrinbosari Gurbanmurot Miradaliyev hamda Amerika Qoʻshma Shtatlari Davlat kotibining jamoat diplomatiyasi va jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha muovini Sara Rojers ishtirok etdi.
Tadbirda madaniyat va sanʼat sohasida hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma madaniy loyihalarni amalga oshirish, ijodiy almashinuv dasturlarini rivojlantirish, shuningdek, madaniy merosni asrash va targʻib etish masalalari muhokama qilindi.
“Bugungi kunda “Markaziy Osiyo plyus” formati xalqaro munosabatlarda tobora ortib borayotgan ahamiyati bilan alohida eʼtiborga molikdir. Jadal oʻzgarayotgan va turli ziddiyatlarga boy zamonaviy dunyoda muloqot, oʻzaro ishonch va amaliy hamkorlikka asoslangan platformalar endi shunchaki zarurat emas, balki obyektiv ehtiyojga aylanmoqda. Eng muhimi, bugungi hamkorligimiz mustahkam va mazmunli poydevorga ega. Xususan, 2025-yil 7-noyabrda davlat rahbarlarining C5+1 formatidagi Sammitda kelishilgan Madaniy meros sohasida qoʻshma bayonoti mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp tomonlama madaniy va gumanitar hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun muhim asos boʻlib xizmat qiladi. Endilikda oldimizda turgan asosiy vazifa — mazkur siyosiy irodani aniq amaliy harakatlarga, uzoq muddatli hamkorlikka va barqaror C5+1 mintaqaviy sheriklikka aylantirishdan iboratdir” – dedi vazir Ozodbek Nazarbekov.
Uchrashuv davomida quyidagi bir qator takliflar ilgari surildi. Jumladan,
– tizimli muloqot va qoʻshma tashabbuslarni amaliy muvofiqlashtirish maqsadida doimiy faoliyat yurituvchi “C5+1 Madaniyat boʻyicha ishchi guruhi”ni tashkil etish;
– “C5+1” mamlakatlari oʻrtasida sunʼiy intellekt, raqamli transformatsiya, kreativ industriyalar, madaniy diplomatiya, turizm va innovatsiyalar mavzulariga bagʻishlangan “C5+1 Madaniyat va innovatsiyalar forumi”ni yoʻlga qoʻyish;
– kino, musiqa, nashriyotchilik, hunarmandchilik, festivallar, koʻrgazmalar, dizayn va qoʻshma koproduksiya loyihalari orqali kreativ industriyalar va madaniy mobillikni kengaytirishni qoʻllab-quvvatlash;
– AQSHning Fulbright Program, Hubert H.Humphrey Fellowship Program, International Visitor Leadership Program kabi nufuzli taʼlim va almashinuv dasturlarida ishtirok etish uchun madaniyat, sanʼat, muzeylar, kreativ industriya va madaniy taʼlim muassasalari vakillari uchun Markaziy Osiyo mamlakatlariga ajratiladigan kvotalar va ishtirok imkoniyatlarini bosqichma-bosqich kengaytirish;
– Oʻzbekistonda Amerika hamkorlari bilan birgalikda madaniy taʼlim muassasalari qoshida maxsus “English for Culture” markazlarini tashkil etish takliflar ilgari surildi.
Uchrashuv yakunida “C5+1” formatidagi madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlash, muntazam muloqot va qoʻshma tashabbuslarni tizimli davom ettirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi. Tojikiston tomoni kelasi uchrashuvni Dushanbeda oʻtkazishni taklif qildi.
Rasmiylar umumiy tadbirdan keyin ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazdi.
Madaniyat
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112447
Jamiyat
95112
Jamiyat
91341
Jamiyat
76031
Jamiyat
//
Izoh yo‘q