
Madaniyat
Netflix kompaniyasi Amir Temur haqidagi kinokartinaning tasvirga olish ishlarini tugatdi. Bu haqda Podrobno.uz nashri xabar berdi.
2022-yil yakunida tayyorlana boshlangan “Temurlan: soʻnggi jahongirning yuksalishi” kinotasmasi Amir Temur hayotiga bagʻishlangan. Filmni suratga olish ishlari Oʻzbekiston va Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan.
“Bizning film Amir Temur hokimiyat tepasiga kelishining epik tarixi hamda u qoldirgan meros haqida hikoya qiladi. Ishlab chiqarishning asosi Oʻzbekiston boʻldi. Biz mintaqadagi eng muhim tarixiy shaxslardan birining kinematografik tasvirini u yashagan va jang qilgan joylarda gavdalantirdik. Bu suratga olish uchun juda qadrli”, – deydi loyiha mualliflaridan biri.
Suratga olish guruhiga Oʻzbekiston, Qozogʻiston va AQSH mutaxassislari jalb etilgan. Rejissyor Jeykob Shvars, ssenariy muallifi Metyu Grin. Amir Temur rolini Kristian Mortensen oʻynagan. Amir Husaynning raqibini Mahesh Jadu, Aljayning rafiqasini esa oʻzbek aktrisasi Yulduz Rajabova ijro etgan.
Qayd etilishicha, kaskadyorlar guruhini afsonaviy Nomad Stunts jamoasi boshqargan. Ular yordamida otliqlar hujumlari va ot janglarining epik epizodlarini jonlantirishga erishilgan.
“Oʻzbekistonlik olimlar bilan yaqindan hamkorlik qilib, jamoamiz Markaziy Osiyoning ulugʻvorligini – asl dekoratsiyalar, tarixiy jihatdan aniq liboslar va Temur saltanatining mohiyatini aks ettiruvchi ajoyib kinematografiyani sinchkovlik bilan qayta yaratdi”, – deydi ijodiy guruh.
Film suratga olish ishlari oʻtgan yilning kuzida yakuniga yetgan va hozir u postprodakshen bosqichida. Film premyerasi joriy yil yoz faslining oxirlarida oʻtkazilishi taxmin qilinmoqda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q