Ikkita hudud uchun tabiiy gazning “bazaviy me’yor” muddati uzaytirildi

Saqlash
14:27 / 02.03.2026 48 0

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor 15-martga qadar uzaytirildi.

 

Bunga mazkur hududlarda mart oyining dastlabki 15-kunida havo haroratining past bo‘lishi kutilayotgani sabab sifatida ko‘rsatilgan. Mazkur holatda muddatning uzaytirilishi bilan aholini qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.

 

Ta’kidlanishicha, Prezident topshirig‘iga asosan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kub metr bazaviy me’yor ushbu ikki hudud uchun 2026-yilning 15-martigacha amal qiladi.

 

Ma’lumot uchun, oldinroq tabiiy gaz uchun bazaviy me’yor 100 metr/kubga tushirilgani xabar qilingan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//