Tabiiy gaz uchun bazaviy me’yor 100 metr/kubga tushirildi

Saqlash
09:19 / 02.03.2026 55 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “1-martdan tabiiy gaz narxi oshdi” mazmunida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi mazkur sanadan tabiiy gaz narxi oshirilmasligini, to‘lovlar eski tarifda amalga qilishini ma’lum qildi.

 

Biroq 1-martdan boshlab qish mavsumida belgilangan ijtimoiy me’yor o‘zgardi, ya’ni isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha bazaviy me’yor 5 barobarga (100 metr/kubdan 500 metr/kubga) oshirilgan edi. Xususan, iste’molchilarga noyabr — fevral oylarida har bir oy uchun 500 metr/kubgacha tabiiy gaz berildi. Endi mart oyidan “bazaviy me’yor” eski, 100 metr/kubga qaytadi va bu me’yor oktyabr oyigacha amal qiladi.

 

Me’yorning oshirilishi faqatgina Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida erta boshlanadi, ya’ni oktyabr oyidan, va bu fevral oyigacha davom etadi.

 

“Shu sababli, bugun, 1-martdan 31-oktyabrga qadar har oy uchun 100 metr/kubgacha “bazaviy me’yor” amal qiladi”, deyiladi xabarda.

 

 

Ma’lumot uchun, Prezident qaroriga asosan, ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya to‘lanadi.

 

Jumladan, kompensatsiya miqdori:
▪️ Elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy me’yordan ortiq (200 kVt·soatdan keyingi) 150 kVt·soatgacha;

 

▪️ Tabiiy gaz uchun — qish oylarida 250 metr/kubgacha, boshqa oylarda 150 metr/kubgacha bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun kompensatsiya beriladi.

 

Ta’kidlash lozim, ilgari kompensatsiyalar faqat qish oylarida amal qilgan bo‘lsa, endi — yil davomida har oyda berilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//