Jamiyat
2026-yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 19-fevral kuniga toʻgʻri kelishi haqida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan axborot berilgan edi. Prezidentning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida”gi (PQ–65-son, 16.02.2026-y.) qarorga koʻra, “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” degan ezgu gʻoya asosida quyidagilarga alohida eʼtibor beriladi:
- kam taʼminlangan, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
- mahallalarni oʻzaro hurmat, hamjihatlik, adolat va tarbiya maskaniga aylantirish;
- yer, suv, havo va tabiiy muhitni asrash, muqaddas qadamjolar, ziyoratgoh va qabristonlarni obod etish;
- Ramazon oyi bilan bogʻliq tadbirlarni isrofgarchilikka yoʻl qoʻymasdan, ixcham, mazmunli va tejamkorlik asosida oʻtkazish.
Ramazon oyini oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlar OAVda keng yoritiladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112451
Jamiyat
95115
Jamiyat
91355
Jamiyat
76035
Jamiyat
//
Izoh yo‘q