Jamiyat
Prezident “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Unga ko‘ra, 2026-yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 19-fevral kuniga to‘g‘ri keladi. Bu haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mamlakatimizda Ramazon oyini milliy an’ana va qadriyatlarga mos tarzda o‘tkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiriladi.
“Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” degan ezgu g‘oya asosida:
▪️ kam ta’minlangan, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
▪️ mahallalarni o‘zaro hurmat, hamjihatlik, adolat va tarbiya maskaniga aylantirish;
▪️ yer, suv, havo va tabiiy asrash, muqaddas qadamjolar, ziyoratgoh va qabristonlarni obod etish;
▪️ Ramazon oyi bilan bog‘liq tadbirlarni isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymasdan, ixcham, mazmunli va tejamkorlik asosida o‘tkazishga alohida e’tibor beriladi.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon oyini o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritib boradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111263
Jamiyat
94562
Jamiyat
90514
Jamiyat
74753
Jamiyat
//
Izoh yo‘q