Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 19-yanvardagi qarorida Ichki ishlar vazirligiga 2026-yil 1-avgustga qadar sun’iy intellekt texnologiyalari asosida “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi majmuasining Passport-visa mobil ilovasini ishlab chiqish topshirilgan edi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda migratsiya va personallashtirish sohasiga oid elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish, onlayn huquqiy maslahat berish, yuklamasi kam bo‘lgan migratsiya bo‘linmalari haqida ma’lumot olish imkonini beruvchi ilova ishga tushiriladi. Ilova orqali ko‘rsatiladigan migratsiya va personallashtirish sohasiga oid elektron davlat xizmatlari dastlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yo‘lga qo‘yiladi.
Qarorga ko‘ra, migratsiya va personallashtirish sohasida boshqa shaxsning roziligi talab etiladigan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ularning shaxsini “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi majmuasining Face-ID moduli orqali masofadan turib aniqlash va roziligini olish imkonini beruvchi “E-Rozilik” platformasi ishga tushiriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekistonda bo‘lish qoidalariga rioya etilishini “Xavfsiz shahar” tizimi orqali aniqlash va monitoring qilish imkoniyatini yaratiladi. Ichki ishlar vazirligi 3 oy muddatda migratsiya va personallashtirish bo‘linmalariga chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekistonda noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullangani uchun ma’muriy chora ko‘rish vakolatini berishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqishi lozim.
2026-yil 1-sentyabrdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va davlat xizmatlari markazlari orqali quyidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatiladi:
IIV Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar shaxsga doir ma’lumotlar doimiy yangilanishi va xavfsizligini ta’minlash, davlat xizmatlari sonini oshirish hamda takrorlanuvchi ma’lumotlarni birlashtirish orqali axborot resurslaridan foydalanish qulayligini oshirish maqsadida Personallashtirish markazining ma’lumotlar bazalari va dasturiy ta’minotlarini IIVning “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi majmuasiga birlashtiradi.
Shaxsga doir ma’lumotlar jamlangan “Yagona raqamli migratsiya” platformasi yaratiladi (Digital migration platform). “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi majmuasini takomillashtirish, qo‘llab-quvvatlash, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti va uning quyi tizimlari uchun server, kompyuter va boshqa qurilmalarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar IIV hamda Personallashtirish markazining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Sport
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
110754
Jamiyat
94441
Jamiyat
90355
Jamiyat
74222
Jamiyat
//
Izoh yo‘q