Jamiyat
19-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida shaxsga doir maʼlumotlarni himoyalash faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–45-son Farmoni ijrosini taʼminlash, migratsiya va personallashtirish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish, sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish orqali aholiga tezkor va sifatli xizmat koʻrsatish hamda sohada raqamlashtirish jarayonlarini izchil davom ettirish maqsadida Shavkat Mirziyoyev qaror qildi.
Qarorga muvofiq, joriy yilning 1-fevraldan boshlab jismoniy shaxslarga identifikatsiyalovchi ID kartalar birinchi marotaba rasmiylashtirilganda uning chipiga kiritiladigan elektron raqamli imzo sertifikatini bepul berilib, fuqaro “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash yagona axborot tizimida avtomatik tarzda bepul roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Soliq qoʻmitasi hamda Bandlik va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining takliflari prezident Shavkat Mirziyoyevning 19-yanvardagi qarori bilan tasdiqlandi. U ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish sohasidagi faoliyatini raqamlashtirish orqali sifat jihatidan takomillashtirishga qaratilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
111136
Jamiyat
94527
Jamiyat
90475
Jamiyat
74611
Jamiyat
//
Izoh yo‘q