Madaniyat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra, atoqli adib Xayriddin Sultonovga “O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” unvoni berildi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Yozuvchi, publitsist, davlat va jamoat arbobi Xayriddin Sultonov (taxallusi Xayriddin Sulton) 1956-yil 19-yanvar kuni Toshkent viloyatida tug‘ilgan.
Uning “Chol” nomli dastlabki hikoyasi XX asrning yetmishinchi yillarida “Toshkent oqshomi” gazetasida bosilgan.
Xayriddin Sultonov “Saodat sohili”, “Yozning yolg‘iz yodgori", “Ko‘ngil ozodadur”, “Ajoyib kunlarning birida” singari qissalari bilan adabiyot rivojiga hissa qo‘shgan.
Yozuvchi “Shuhrat” medali(1996), “Mehnat shuhrati” ordeni(2003), “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni(2006) hamda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni(2016) bilan ham taqdirlangan.
Ma’lumot uchun, yaqinda adibning milliy ozodlik harakati namoyandalari hayotini aks ettirgan yangi asari – “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112206
Jamiyat
94883
Jamiyat
90971
Jamiyat
75752
Jamiyat
//
Izoh yo‘q