Madaniyat
Termiz shahri va Boysun tumanida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli dramaturg va ssenarist, jamoat arbobi Erkin A’zam tavalludining 75 yillik yubileyi nishonlandi.
Tadbirda bir qator yozuvchi va jamoat arboblari, shoirlar, shuningdek, Surxondaryo viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov hamda Boysun tuman hokimi Bahodir Shukurov ham ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Erkin A’zamning asarlaridan parchalar o‘qib eshittirildi, uning ijodi asosida yaratilgan filmlar namoyish etildi.
Xabarda yozilishicha, yozuvchisiga tavalludi munosabati bilan uy sovg‘a qilingan. Buni Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov e’lon qilgan.
Ma’lumot uchun, yaqinda Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimning 75 yillik tavalludi ham keng nishonlangan edi. Unda ham shoirga Prezident sovg‘asi – 3 xonali uy berilgan edi.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
111628
Jamiyat
94641
Jamiyat
90631
Jamiyat
75123
Jamiyat
//
Izoh yo‘q