Jamiyat
Saida Mirziyoyeva Samarqandning mashhur obidalari — Amir Temur maqbarasi, Registon maydonidagi Ulug‘bek va Tillakori madrasalarini ziyorat qildi.
Prezident administratsiyasi rahbarining yozishicha, Mirzo Ulug‘bek qo‘lyozmalaridan tortib Amir Temur tarixi bilan bog‘liq arxiv hujjatlarigacha bo‘lgan yuzlab noyob eksponatlar endi multimedia shaklida ham namoyish etilmoqda.
“Keng ko‘lamli restavratsiya va ekspozitsiyalarni yangilash ishlaridan so‘ng Samarqandning mashhur obidalari — Amir Temur maqbarasi, Registon maydonidagi Ulug‘bek va Tillakori madrasalari o‘z davrining asl ruhi va tarovatini saqlagan holda yangicha qiyofa kasb etdi. Mirzo Ulug‘bek qo‘lyozmalaridan tortib Amir Temur tarixi bilan bog‘liq arxiv hujjatlarigacha bo‘lgan yuzlab noyob eksponatlar endi multimedia shaklida ham namoyish etilmoqda. Samarqand — qudrat va ilhom maskani. Quvonarli jihati shundaki, YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi mehmonlari yaqin kunlarda o‘lkamizning qadimiy poytaxti boy xazinalariga munosib baho berish imkoniga ega bo‘ladilar”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Shavkat Mirziyoyev 30-oktyabr kuni Samarqand shahrida BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida ishtirok etib, YUNЕSKO Bosh konferensiyasining so‘nggi 40 yilda ilk bor tashkilot bosh qarorgohidan tashqarida — aynan Samarqandda o‘tkazilayotgani katta sharaf ekanini ta’kidladi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109789
Jamiyat
94162
Jamiyat
89969
Jamiyat
73170
Jamiyat
//
Izoh yo‘q