Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda oʻtayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida nutq soʻzladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari konferensiya soʻnggi 40-yil ichida ilk bor YUNESKO Bosh qarorgohidan tashqarida – koʻhna va hamisha navqiron Samarqand zaminida boʻlib oʻtayotganini taʻkidladi.
Shavkat Mirziyoyev Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich, Slovakiya Prezidenti Peter Pellegrini, YUNESKO Bosh direktori Odri Azule va barcha ishtirokchi davlatlar delegatsiyalariga chuqur minnatdorlik izhor etdi.
“Geosiyosiy keskinlik va harbiy mojarolar taʻsirida sayyoramizdagi noyob yodgorliklar, muqaddas qadamjolar va bebaho madaniy meros katta ziyon koʻrmoqda.
Davlatlar oʻrtasida bilim va texnologiyalar, raqamli resurslardan foydalanish boʻyicha tafovut ortib bormoqda. Buning natijasida imkoniyatlar tengsizligi va qashshoqlik kuchaymoqda. Bunday murakkab vaziyat YUNESKOning asosiy vazifalarini toʻliq amalga oshirish boʻyicha saʻy-harakatlarimizni har qachongidan ham koʻproq birlashtirishni taqozo etmoqda.
Oʻzbekistonning tashabbusi bilan “Xiva jarayoni: Markaziy Osiyoda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish” rezolyutsiyasi, (2021-yil), “Kichik yoshdagi bolalarga gʻamxoʻrlik qilish va taʻlim berish boʻyicha Toshkent deklaratsiyasi” hamda “Axborotdan erkin foydalanish xalqaro kuni munosabati bilan Toshkent deklaratsiyasi” (2023-yil) kabi muhim hujjatlar qabul qilindi”, dedi Prezident.
Samarqanddagi Bosh konferensiya doirasida yurtimizda qator qoʻshimcha tadbirlar oʻtkaziladi. Jumladan, koʻhna Buxoroda ilk marta zamonaviy sanʻat biyennalesi boʻlib oʻtmoqda, poytaxtda YUNESKO shafeligida Maktabgacha taʻlimni rivojlantirish mintaqaviy markazi ochiladi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO – Oʻzbekiston xalqaro mukofotining sovrindorlarini taqdirlanadi, muzeylar faoliyatida sunʻiy intellektning oʻrni va ahamiyatiga bagʻishlangan xalqaro anjuman tashkil etiladi, Oʻzbekiston oliy taʻlim sohasidagi kvalifikatsiyalarni tan olishga oid Global konvensiyaga ham qoʻshiladi.
Shavkat Mirziyoyev axborot texnologiyalarini puxta oʻzlashtirgan va kreativ fikrlaydigan yangi avlodni tarbiyalash ustuvor vazifa ekanini aytib, sunʻiy intellektni taʻlim tizimiga keng joriy etish maqsadida yurtimizda YUNESKO ishtirokida “Sunʻiy intellekt – maktab” namunaviy loyihasini amalga oshirishga tayyorligini maʻlum qildi.
“Dunyo maʻnaviy xazinasini jamlagan ushbu dastur yaratilgan sanani har yili nishonlash maqsadida 19-noyabrni “Hujjatli meros xalqaro kuni”, deb eʻlon qilishni, shuningdek, YUNESKO tuzilmasiga kiradigan Raqamli meros boʻyicha xalqaro institutni tashkil etishni taklif qilamiz.
Maʻlumki, qadimiy Buxoro hunarmandchilik boʻyicha YUNESKO Ijodkor shaharlar tarmogʻining aʻzosi hisoblanadi. Biz ushbu shaharda 2027-yili mazkur yoʻnalishda xalqaro kongressni qabul qilishga tayyormiz” dedi Shavkat Mirziyoyev.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
109660
Jamiyat
94043
Jamiyat
89822
Jamiyat
72979
Jamiyat
//
Izoh yo‘q