
Jahon
Madagaskar prezidenti Andri Radzuelina oʻz mamlakatidan qochib ketdi. Bu haqda 13-oktyabr kuni muxolifat yetakchisi va boshqa rrasmiylar xabar berdi, deb yozadi Reuters nashri. Bu yosh namoyishchilar hukumatni agʻdarayotgan dunyo miqyosida ikkinchi holat sanaladi.
Parlamentdagi muxolifat yetakchisi Siteni Randrianasoloniaikoning nashrga bergan maʼlumotiga koʻra, Prezident mamlakatni yakshanba kuni armiya boʻlinmalarni tark etib, namoyishchi yoshlarga qoʻshilganidan keyin tark etgan. Avvalroq prezident administratsiyasi Radzuelina dushanba 13-oktyabr kuni xalqqa murojaat qilishi kutilayotgani haqida xabar bergan.
Reuters agentligiga xarbiy manba maʼlum qilishicha, Radzuelina mamlakatdan yakshanba kuni fransuz xarbiy vertoletida uchib ketgan. RFI fransuz radiosi xabar berishicha, u Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan kelishuvga erishgan.
Namoyish haqida
Namoyishlar 25-sentyabr kuni Fransiyaning sobiq mustamlakasida suv va elektr energiyasi tanqisligidan kelib chiqib, boshqa jiddiy muammolar, xususan, korrupsiya, samarasiz boshqaruv va bazaviy xizmatlar yetishmovchiligi ortidan keng qoʻzgʻalonga aylangan.
Madagaskar prezidenti Radzuelina 2009-yilgi davlat toʻntarilishida unga hokimiyatni qoʻlga kiritishga yordam bergan CAPSAT elita boʻlinmasining qoʻllab-quvvatlashlarini yoʻqotgach oʻzini tobora yakkalanib qolgan: oʻtgan dam olish kunlarida CAPSAT aviatsiyasi namoyishchilarga qoʻshilib, ularga qarata oʻq uzishdan bosh tortganini aytadi va minglab namoyishchilarni poytaxtning asosiy maydoni Antananarivuga kuzatib qoʻygan.
Huquq tartibot organlari bilan toʻqnashuvlarga, koʻchalarning yopilishiga, siyosatchilarning uylariga hujum va talon-*tarojlik bilan kechayotgan Madagaskardagi mitinglar nafaqat poytaxt Antananarivuda, balki mamlakatning yana 7 yirik shaharlarida kuzatilgan. BMT maʼlumotlariga koʻra, politsiya namoyishchilarni kaltaklagan, shuningdek, koʻzdan yosh chiqaruvchi gaz va hatto, oʻq-dorilardan ham foydalangan. Buning oqibatida dastlabki 4 kunda kamida 22 kishi halok boʻlgan, yuzdan ortiq jarohatlanganlar bor.
Namoyishlarga javoban Radzuelina 29-sentyabr kuni hukumatni tarqatib yuborib, armiya generali Rufin Zafisambni yangi bosh vazir etib tayinlagan. Yangi vazir agar yil davomida poytaxtda elektroyenergiya oʻchishi xolatlari saqlanib qolsa u ham isteʼfoga chiqishini vaʼda qilgan.
Yangi bosh vazir oʻzining ilk chiqishida norozirlik namoyishlari boshlanganidan buyon xavfsizlik kuchlari tomonidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatolar yuzasidan mustaqil tekshiruvlar oʻtkazishga vaʼda bergan. Shundan keyin hhuquq-tartibot xodimlari eʼlon qilingan bayonotdagi “xato va oshirib yuborish” xolatlarini tan olib, armiya va jandarmiya oʻrtasida “birodarlik”ka chaqirgan.
Joriy yilning sentyabr oyida shunga oʻxshash namoyishlar Nepalda hukmron elitaga qarshi oʻtkazilib, vazirning lavozimdan ketishiga sabab boʻlgan edi.
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Jahon
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q