Jamiyat
Atoqli davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining maslahatchisi Ismoil Jo‘rabekov joriy yil 28-sentyabr kuni vafot etgan edi.
Shavkat Mirziyoyev bugun ta’ziyali xonadonga tashrif buyurib, marhumning oilasiga hamdardlik bildirdi.
Qur’on tilovat qilinib, duo o‘qildi.
Ma’lumot uchun, Ismoil Jo‘rabekov 1931-yil 12-sentyabrda Samarqand shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan. Mehnat faoliyati davomida suv xo‘jaligi sohasida mas’ul lavozimlarda mehnat qilib, respublikada irrigatsiya va melioratsiya sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shdi.
1985-yilda O‘zbekiston Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Mustaqillik yillarida Jo‘rabekov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Davlat suv nazorati boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi lavozimlarida ham samarali faoliyat olib bordi.
So‘nggi yillarda u suv xo‘jaligi vazirining maslahatchisi sifatida xizmat qildi.
Ismoil Jo‘rabekovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator” faxriy unvoni berilgan.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q