Jamiyat
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigator, suv xo‘jaligi sohasining mutaxassisi, 1990-yillarda qishloq xo‘jaligi va suv resurslari sohasida yuqori lavozimlarda ishlagan, xususan vazir va prezident maslahatchisi bo‘lgan Ismoil Jo‘rabekov kecha – 28-sentyabr kuni 94 yoshda vafot etdi.
Ma’lumot uchun, Ismoil Hakimovich Jo‘rabekov 1931-yil 12-sentyabrda Samarqand viloyatida tug‘ilgan.
U mustaqillikning ilk yillarida agrosanoat sohasini boshqargan, fuqaro muhofazasi ishlari bo‘yicha vazir bo‘lgan.
Shuningdek, 1994–1998-yillarda bosh vazir o‘rinbosari – qishloq va suv xo‘jaligi vaziri bo‘lib ishlagan, 2000–2004-yillarda esa O‘zbekiston prezidentining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Faoliyatidagi uzoq yillik tanaffusdan keyin 2021-yilda suv xo‘jaligi vaziri maslahatchisi sifatida davlat ishiga qaytgan edi.
Jo‘rabekov “Buyuk xizmatlari uchun” hamda “Do‘stlik” ordenlari bilan taqdirlangan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
110577
Jamiyat
94408
Jamiyat
90301
Jamiyat
74032
Jamiyat
//
Izoh yo‘q