
Madaniyat
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston menda yashaydi” milliy kontentlar tanlovini e’lon qilgan edi. Tanlov yoshlar orasida katta qiziqishlarga sabab bo‘ldi, jami 300 dan ortiq ishtirokchidan 1000 dan ziyod ijodiy ish kelib tushdi.
Hakamlar hay’atining xulosalariga ko‘ra tanlov g‘oliblari aniqlandi.
“Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi:
1-o‘rin – Baxtiyar Qudenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
2-o‘rin – Behzod Shomurodov, Surxondaryo viloyati,
3-o‘rin – Mustafo Anvarjonov, Farg‘ona viloyati.
Ushbu nominatsiyada 1-o‘rin – 30 000 000 so‘m, 2-o‘rin – 20 000 000 so‘m, 3-o‘rin – 15 000 000 so‘m miqdorida mukofotlanadi.
“SI yordamida tayyorlangan eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi:
1-o‘rin – Erkin Xushmatov, Navoiy viloyati,
2-o‘rin – Behzod Hamzayev, Xorazm viloyati,
3-o‘rin – Asliddin Xo‘janov, Toshkent shahar.
Ushbu nominatsiyada 1-o‘rin – 20 000 000 so‘m, 2-o‘rin – 15 000 000 so‘m, 3-o‘rin – 10 000 000 so‘m pul bilan mukofotlanadi.
“Eng yaxshi rasmlar to‘plami” nominatsiyasi:
1-o‘rin – Behzod Boltayev, Buxoro viloyati,
2-o‘rin – E’zoza Umrzoqova, Navoiy viloyati,
3-o‘rin – Behzod Sobirjonov, Namangan viloyati.
Mazkur nominatsiyada 1-o‘rin – 10 000 000 so‘m, 2-o‘rin – 8 000 000 so‘m, 3-o‘rin – 5 000 000 so‘m pul bilan mukofotlanadi.
Hakamlar tomonidan “Eng ko‘p ovoz yig‘gan videorolik” nominatsiyasi uchun 3 ta ijodiy ish tanlab olindi. Ular Kamron Rahmatullayev (Andijon viloyati), Shohrux Ne’matov (Toshkent shahri), Nurjamal Nurullaeva (Qoraqalpog‘iston Respublikasi). Mazkur ijodiy ishlar Oyina.uz portalining telegram kanalida ovozga qo‘yildi, ovoz berish jarayoni 12-oktabr, soat 20:00ga qadar davom etadi. Ovozlar miqdoriga qarab 1, 2, va 3-o‘rinlar aniqlanadi. Eslatib o‘tamiz mazkur nominatsiyada 1-o‘rin – 15 000 000 so‘m, 2-o‘rin – 12 000 000 so‘m, 3-o‘rin – 10 000 000 so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritadi.
Oyina.uz portalini kuzatib boring, tez orada yangi tanlovlarni e’lon qilamiz.
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q