Mukofot jamgʻarmasi 170 million boʻlgan “Oʻzbekiston menda yashaydi” milliy kontentlar tanlovi eʼlon qilinadi

09:08 / 07.08.2025 1578
Saqlash

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi yurtimiz mustaqilligining 34-yilligi munosabati bilan “Oʻzbekiston menda yashaydi” milliy kontentlar tanlovini eʼlon qiladi! Vatan muhabbati, qadriyatlar, yurt mehri aks etgan, kreativ fotolar toʻplami yoki videokontentlarni yarating va gʻoliblikni qoʻlga kiriting! 

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

“Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi:

1-oʻrin – 30 000 000 soʻm,

2-oʻrin – 20 000 000 soʻm

3-oʻrin – 15 000 000 soʻm

“SI yordamida tayyorlangan eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi:

1-oʻrin – 20 000 000 soʻm

2-oʻrin – 15 000 000 soʻm

3-oʻrin – 10 000 000 soʻm

“Eng yaxshi rasmlar toʻplami” nominatsiyasi:

1-oʻrin – 10 000 000 soʻm

2-oʻrin – 8 000 000 soʻm

3-oʻrin – 5 000 000 soʻm

“Eng koʻp ovoz yigʻgan videorolik” nominatsiyasi:

1-oʻrin – 15 000 000 soʻm

2-oʻrin – 12 000 000 soʻm

3-oʻrin – 10 000 000 soʻm

Tanlovda ishlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

– mavzuning mazmun-mohiyati ochib berilgani;

– tasvir, ovoz va montaj ishining sifati;

– muallifning kontent yaratishdagi oʻziga xos ijodiy yondashuvi, kreativligi, ishning plagiat emasligi;

– kontentning barcha toifadagi foydalanuvchilar uchun moʻljallangan boʻlishi;

– videoroliklarda yashab turgan hudud haqida ishtirokchining bevosita oʻzi hikoya qilishi;

– yuborilgan ishlar avval hech qayerda e'lon qilinmagan bo‘lishi. 

Videoroliklar 60 soniyadan oshmagan boʻlishi shart. Tanlovda ishtirokchilarning yoshi cheklanmaydi. 

“Eng yaxshi videorolik”, “SI yordamida tayyorlangan eng yaxshi videorolik” va “Eng yaxshi rasmlar toʻplami” nominatsiyalariga yuborilgan ishlar Hakamlar hayʼati tomonidan tanlov mezonlari asosida saralanadi va gʻoliblar aniqlanadi. 

“Eng koʻp ovoz yigʻgan videorolik” nominatsiyasida tanlovga yuborilgan ishlar ichidan Hakamlar hayʼati tomonidan tanlov mezonlari asosida saralangan 10 ta (kelib tushgan ijodiy ishlarning soni va sifati inobatga olingan holda mazkur raqam oʻzgarishi mumkin) videorolik Oyina.uz portalining “Telegram” kanalida eʼlon qilinadi va ovoz yigʻish jarayoni tashkil etiladi. Yakuniy natijalarga koʻra ovozlar soni tartibida 1, 2 va 3-oʻrinlar aniqlanadi.

Videokontentlar telegramdagi @oyinauz_bot manziliga 25-avgustga qadar yuborilishi shart! Gʻoliblar 1-sentyabr kuni Oyina.uz portali va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qilinadi. 

Vatanga boʻlgan muhabbatingizni kadrlarga koʻchiring va gʻolib boʻling! 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//