
Siyosat
27-sentyabr kuni A.Avloniy nomidagi milliy mahorat institutida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Najot” loyihasi doirasida suratga olingan “Yo‘l. 250 km masofani ortda qoldirib” nomli hujjatli film premyerasi bo‘lib o’tdi.
Taqdimotda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova, Oliy Majlis Senati masʼullari, jurnalistlar hamda keng jamoatchilik vakillari, film ijodkorlari va bir qator OAV vakillari ishtirok etdi.
Vazir E’zoza Karimova tadbirni kirish so‘zi bilan ochib, davlat tomonidan pedagoglar maqomini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida so’z yuritgach filmning rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Film Buxoroning Romitan tumanidagi 38-maktab o‘qituvchisi Billura Ikromaning hayoti haqida hikoya qiladi. Buyuk Britaniyaning Reading universitetida tahsil olgan qahramon nufuzli takliflarni rad etib, olis hududdagi bolalarga sharoit va boshqa murakkabliklarga qaramay ingliz tilidan dars berishga qaror qilgani haqida so‘zlab, bosib o‘tilgan hayot va kasbiy yo‘l hamda erishilgan yutuqlar badiiy shaklda aks ettiriladi.
Filmda Billura bosib o‘tgan yo‘li, erishgan yutuqlarida ota-onasidan tashqari uning turmush o‘rtog‘i asosiy suyanchiq va qo‘llovchi vazifasini o‘taganini ko‘rish mumkin. Qahramonda bir necha bor ortga chekinish istagi bo‘lganida ham aynan umr yo‘ldoshi qo‘llab, asl maqsadini yodiga soladi.
Bir so‘z bilan aytganda, film “Agar siz bir erkakni tarbiyalasangiz, bir shaxsni tarbiyalaysiz, bir ayolni tarbiyalasangiz, butun millatni tarbiyalaysiz” degan fikrning hayotiy isboti bo‘ldi.
“Najot” loyihasining g‘oya muallifi Hilola Umarova, rahbari Inobat Ahatova, ssenariy muallifi Sirojiddin Rustamov, Badiiy rahbar esa vazir E’zoza Karimova sanaladi.
Taqdimot so‘ngida qahramon o‘qishga ketishi uchun oilasi moddiy qiyinchiliklarga ham mardonavor qarab, oilasi uchun katta qiymatga ega mulklarini sotganini aytib, tadbirda ishtirok etayotgan otasiga avtomobil sovg‘a qildi.
Qahramon haqida
Billura Fullbright TEA dasturi ishtirokchisi, TESOL, ESOL va IELTS (C1) kabi nufuzli xalqaro sertifikatlar sohibasi, qishloq qizlari uchun mentorlik loyihasi tashabbuskori sanaladi. Uning tashabbusi bilan yirik grantlar uchun loyihalar tayyorlanib, yuzlab yoshlar xorijda ta’lim olish va ijtimoiy dasturlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
Billuraga mehnatlarining e’tirofi sifatida “Prezident sovg‘asi” – BYDCHAZOR avtomobili tantanali tarzda topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” arafasida soha xodimlari bilan o‘tkazilgan muloqotda Billura Ikromova boshlagan ezgu ishni alohida e’tirof etgan edi.
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q