
Jamiyat
Buxoroda xorij universitetida o‘qib, nufuzli tashkilotlardan ish takliflarini rad etib, O‘zbekistonda dars berish uchun qaytgan va namanganlik “inglizcha-o‘zbekcha surdo lug‘at” yaratgan muallimalarga avtomobil sovg‘a qilindi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar qildi.
Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan o‘tkazilgan muloqotda Romitan tumanidagi 38-maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Billura Ikromova boshlagan ezgu ishni alohida e’tirof etgan edi. Hozirda Billura Ikramova top-200 talikka kiradigan Buyuk Britaniyaning Reding oliygohini tamomlab, xorijiy idoralardan ish takliflarini rad etib, Romitanning eng chekka qishlog‘idagi maktabda ingliz tilidan dars bermoqda.
Maullima TESOL, ESOL va IELTSdan C1 darajasi sohibasi hamda qishloq qizlari uchun mentorlik loyihasi tashabbuskoridir. Uning tashabbusi bilan yirik grantlar uchun loyihalar tayyorlanib, yuzlab yoshlar xorijda ta’lim olish va ijtimoiy dasturlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
Billuraga mehnatlarining e’tirofi sifatida prezident sovg‘asi — BYD Chazor avtomobili topshirildi.
Bundan tashqari, prezident kuni kecha soha xodimlari bilan o‘tkazgan muloqot tadbirida Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 37-maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Nodira Nabiyevaning faoliyatini ham yuksak e’tirof etgan edi.
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida ushbu o‘qituvchi bilan uchrashdi hamda uning pedagogik faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Namanganlik ustoz Nodira Nabiyevaga ham prezident sovg‘asi sifatida BYD Chazor mashinasi topshirildi. U yurtimizda “inglizcha-o‘zbekcha surdo lug‘at” yaratgan bo‘lib, Germaniyaning Lambert Academic Publishing nashriyotida uning “Teaching English to deaf students” nomli kitobi chop etilgan. 8 ta tilda tarjima qilingan mazkur adabiyot AQSHning Galladet universitetida yordamchi o‘quv-uslubiy qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda.
Hozirga qadar pedagogning 50 dan ortiq ilmiy maqolalari Germaniya, AQSH, Fransiya, Angliya, Hindiston, Chexiya kabi davlatlarning nufuzli nashrlarida chop etilgan.
Sport
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q