Shavkat Mirziyoyev uchun endi Oq uyga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat yoʻli ochiq

Saqlash
15:12 / 23.09.2025 16 0

22-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh ishbilarmonlari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda Amerikaning yirik kompaniya rahbarlari, xalqaro moliya institutlari hamda AQSh hukumati vakillari ishtirok etdi. Unda Oʻzbekistondagi davlat tashkilotlari va xususiy kompaniyalar AQSh kompaniyalari bilan hamkorlikka oid bitimlar imzolandi.

 

Uchrashuvda AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gor Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev uchun endi Oq uyga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat yoʻli ochiq ekanini, Donald Tramp uni Vashingtonda kutayotgani maʼlum qilgan. Uchrashuvida nutq soʻzlagan maxsus vakil shuningdek, Tramp Shavkat Mirziyoyev bilan muloqotdan zavq olganini taʼkidlagan.

 

“Men prezident Trampning maxsus vakiliman. Hozirgina janob Tramp bilan muloqot qildim. Bugun ertalab u sizlar bilan boʻlishimni aytdi va dasturimizni koʻrib chiqdi. Prezident Tramp menga birinchi aytgan soʻzi shunday boʻldi, u siz bilan muloqotdan katta zavq oldi. U sizga oʻzining samimiy salomini yoʻlladi”, — dedi Gor.

 

Vakil Shavkat Mirziyoyevga Vashingtonda uni Donald Tramp kutayotganini maʼlum qildi.

 

“Endi esa sizda istalgan vaqtda Oq uy ofisiga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat yoʻli ochiq. Bu degani munosabatlarni mustahkamlash uchun zarur boʻlgan barcha shart-sharoitlar mavjud. Men bu yerdagi oʻta samimiy munosabatni prezidentga yetkazaman. U sizni Vashingtonda kutyapti. Oʻzaro manfaatlarga oid barcha masalalar hal etiladi. Biz sizning barcha qarorlaringizni qoʻllab-quvvatlaymiz”, — dedi AQSh Prezidentining vakili.

 

“Sizlar Boeing 787 ni xarid qilmoqdasiz va prezident bundan juda mamnun boʻldi va yana aynan bugun ertalab u siz bilan boʻlgan telefon orqali muloqot haqida gapirarkan, suhbat juda iliq va samimiy oʻtganligini taʼkidladi. Prezident Donald Tramp, AQSh va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlarni qoʻllab-quvvatlab kelmoqda. Shuning uchun ham ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlaydigan huquqiy hujjat loyihasi qoʻllab-quvvatlanadi”, — deydi u.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//