Tramp Shavkat Mirziyoyevni “Boeing” bilan ulkan bitim imzolangani bilan tabrikladi

Saqlash
09:16 / 23.09.2025 52 0

AQSH Prezidenti Donald Tramp “Truth Social” ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni “Boeing” bilan ulkan bitim imzolagani bilan tabriklab post qoldirdi. Bu haqda Prezident matbuot postni kotibi Sherzod Asadov xabar beradi.

 

 

“Shu oy boshida men Oʻzbekiston Prezidenti hurmatli Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashgan edim. Bugun men Prezident Mirziyoyevni ”Boeing“ bilan ULKAN bitim imzolangani bilan tabriklayman! ”Uzbekistan Airways“ 8 milliard dollardan ortiq mablagʻ evaziga 22 ta 787 Dreamliner samolyotini xarid qiladi. Bu Qoʻshma Shtatlarda 35 000 dan ortiq ish oʻrinlarini yaratadi. Prezident Mirziyoyev - bir soʻzli inson va biz boshqa koʻplab masalalar ustida birgalikda ishlashda davom etamiz! Bu masalaga eʼtiboringiz uchun tashakkur”.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//