“Maslahat oshi”, “Dildagi gaplar” va “Baxtli bolalik”: Umummilliy birdamlik festivali qanday o’tmoqda? (Foto)

Saqlash
11:29 / 14.08.2025 87 0

1-avgust kuni Maʼnaviyat va maʼrifat markazida, Markaz rahbari Otabek Hasanov boshchiligida Oʻzbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Umummilliy birdamlik festivali”ni hududlarda yuqori saviyada tashkil etishga qaratilgan uchrashuv oʻtkazilgani va Respublikaning qator hududlarida “Umummilliy birdamlik festivali”ga start berilgani haqida xabar berilgan edi.

 

Respublikaning barcha hududlarini qamrab olishni maqsad qilgan mazkur festival bugunga qadar Farg‘ona, Surxondaryo, Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Navoiy viloyatlarida oʻtkazildi.

 

Namanganda oʻtkazilgan festival doirasida dastlab “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori bilan Yoshlar va keng jamoatchilik qalbida milliy g‘urur, Vatanga muhabbat, birdamlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ijtimoiy faollikni rag‘batlantirish, ijodkor yoshlar va san’at vakillarining iste’dodini keng ommaga namoyish etishni maqsad qilgan gala-konsert, keyin turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar boʻlib oʻtdi.

 

 

Konsert dasturlarida hududda istiqomat qilayotgan qirg’iz, tojik, uyg’ur va boshqa millat vakillari – keng jamoatchilik ishtirok etdi.

 

 

Festival doirasida shuningdek, Nanay bolalar oromgohida “Baxtli bolalik” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ko‘tarinkilikda boshlangan festival Nanay madaniyat markazida davom etdi. Unda O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Erkin Xudoyqulov va boshqa “Ma’rifat” targ’ibotchilarining chiqishlari davraga fayz ulashdi.

 

 

Davlatobod tumani “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostidagi “Umummilliy birdamlik festivali” doirasida gala-konsert o’tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston xalq artistlari, taniqli professorlar, shoir va yozuvchilar, aktyorlar, xushovoz xonandalar hamda yosh ijodkorlar ishtirok etib, yurtdoshlarga ko’tarinki ruh va yaxshi kayfiyat ulashdi.

 

“Kitob marafoni” viloyatning Uychi tuman madaniyat markazida amalga oshirilib, unda respublikadan kelgan mehmonlar uychiliklarga kitoblar sovgʻa qildi.

 

 

Chust tumanida joylashgan “Mavlono Lutfulloh” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Farovon hayotga ilk qadam” mavzusida suhbatlar tashkil etilib, unda “Ma’rifat targ’ibotchilari jamiyati” a’zolari, tuman faollari, yoshlar, soha mutaxassislari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etib, mamlakat taraqqiyotida birdamlik, tinchlik va ma’naviy barkamollikning o‘rni haqida fikr almashishdi.

 

 

10-avgust kuni festival ishtirokchilari Samarqand viloyatiga ham yetib bordi. “Farovon hayotga ilk qadam”, “Dildagi gaplar”, “Umummilliy birdamlik”,  “Maslahat oshi”, shuningdek, tumanlarda “Shijoat” vatanparvarlik loyihalari va “Kitob marafoni” aksiyalarini o’tkazishni reja qilgan ijodkorlar o’z ishini Samarqand shahridagi FVV Boshlangʻich tayyorgarlik va malaka oshirish markazida FVB xodimlari va ularning oila a'zolari ishtirokida “Shijoat” loyihasini amalga oshirishdan boshladi. Mazkur loyiha Samarqand viloyati Nurobod tumani Sazagan dala oʻquv maydonida ham o’tkazilib, 200 dan ortiq yoshlar hamda olim-ziyolilar va el ardogʻidagi san’atkorlar ishtirok etdi.

 

 

Shuningdek, loyiha doirasida ochiq muloqot va musiqiy chiqishlar bilan birgalikda tadbir ishtirokchilariga kayfiyat ulashildi.

 

 

Ijodiy guruh “Baxtli bolalik” shiori ostidagi madaniy-ma’rifiy tadbirlarini o'tkazish uchun Samarqand garnizoniga qarashli Ma'naviyat va ma'rifat markazida, shuningdek, Kattaqo'rg'on tumani harbiy qismida bo'ldi.

 

 

Shundan keyin festival ishtirokchilarining keyingi manzili Urgut tumani bo’ldi. 154-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabida “Inson qadri” va “Dildagi gaplar” loyihalari amalga oshirildi. Shu tariqa, Pastdargʻom tumanidagi Madaniyat boʻlimida “Farovon hayot sari ilk qadam” loyihasi, Kattaqoʻrgʻon tumani Yoshlar istirohat bogʻida “Umummilliy birdamlik” gala konsert dasturi, Narpay tumani Madaniyat markazida “Dildagi gaplar” madaniy-ma’rifiy tadbirlari oʻtkazildi.

 

 

“Maslahat oshi” boʻlsa, viloyatning Paxtachi tumani Madaniyat markazida boʻlib oʻtdi.

 

 

12-avgust kuni ijodiy guruh bayram kayfiyatini ulashish uchun Navoiy viloyatiga yetib keldi. Tantanali kutib olingan mehmonlar ishtirokida Navoiy shahar harbiy qismda “Shijoat” va “Harbiy qismda bir kunim” loyihalari oʻtkazildi. Loyihada oʻquvchi yoshlar, jamoat faollari, faxriylar, harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

 

 

Poytaxtdan tashrif buyurgan ziyolilar Konimex tumanida ham adabiyot, san’at vakillari tumanda milliy urf-odatlar, ko’rgazmali chiqishlar bilan munosib kutib olindi.

 

 

“Inson qadri” loyihasi doirasida targ’ibotchilar viloyat onkologiya kasalxonasida davolanayotgan bemorlar holidan xabar olib, ularga o‘zlarining ijod namunalarini tuhfa etdi. Shuningdek, tadbirda mehmonlar tomonidan aytilgan kuy-qo‘shiqlar, ma'rifiy chiqishlar tadbir ishtirokchilariga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.

 

 

 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston mahallari uyushmasi, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda qator vazirlik va tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan festival tantanalari davom etadi. Ijodiy guruh yaqin kunlarda siz yashayotgan hududga ham yetib boradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//