
Madaniyat
2025-yilning 1-avgust kuni Maʼnaviyat va maʼrifat markazida, Markaz rahbari Otabek Hasanov boshchiligida O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Umummilliy birdamlik festivali”ni hududlarda yuqori saviyada tashkil etishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi. Unda bir guruh olimlar, ziyolilar, shoirlar, madaniyat va sanʼat ahli, shuningdek "Zoom" platformasi orqali hududlardagi maʼnaviyat va maʼrifat sohasi masʼullari va "Maʼrifat" targʼibotchilar jamiyati aʼzolari ishtirok etdi.
Jamiyat birdamligini ta’minlashga qaratilgan, o‘zida ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar, ijtimoiy loyihalarni o‘zida mujassam etgan festivalning ilk tadbirlariga 5-6 avgust kunlari Farg‘ona viloyatida start berildi. Hududlarda tadbirlarni tashkil etish uchun yo‘lga chiqqan shoir-yozuvchi, madaniyat xodimlari, elimiz suygan san‘atkorlardan tashkil topgan bir guruh targ‘ibotchilar Farg‘ona viloyati Qo'qon shahriga yetib bordi.
Festival doirasida 5-avgust kuni soat 19:00 da Qo‘qon shahridagi "Yoshlar bog‘i"da, 6-avgust kuni soat 19:00 da Farg‘ona shahridagi Ekoshahar amfiteatrida gala-konsert bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Festival doirasida “Farovon hayotga ilk qadam”, “Dildagi gaplar”, “Umummilliy birdamlik”, “Maslahat oshi” kabi o‘nlab loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, hududlarda “Shijoat” vatanparvarlik loyihasi, “Kitob marafoni” aksiyasi o‘tkaziladi. Marg‘ilon maqom teatrida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyatining yosh a’zolari tomonidan sahnalashtirilgan “Qasamyod” spektaklining namoyishi bo‘lib o‘tadi.
Shunigdek, 5-avgust kuni olim, shoir va sanʼatkorladan iborat ziyolilar Surxondaryo viloyati, Termiz xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Viloyatning Jarqoʻrgʻon tumanida “Shijoat” vatanparvarlik loyihasi o'tkazildi. Ushbu loyiha orqali yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, fuqarolik burchini anglash, milliy armiyamizga hurmat, harbiy-vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish ko‘zda tutilgan.
Viloyatda “Farovon hayotga ilk qadam”, “Dildagi gaplar”, “Umummilliy birdamlik”, “Maslahat oshi” kabi o‘nlab loyihalar amalga oshirilishi, shuningdek, hududlarda “Shijoat” vatanparvarlik loyihasi, “Kitob marafoni” aksiyalari tashkil etilishi ko'zda tutilgan. Festival so'ngida "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun" konsert dasturlari o'tkaziladi.
Termiz shahridagi Adib Sobir Termiziy nomidagi Axborot kutubxona markazida "Kitob marafoni" loyihasi doirasida "Yosh kitobxon" tanlovi o'tkazildi. Tanlovda bilimga chanqoq, mutolaaga oshno yoshlar o‘zaro bellashib, o‘z ijodiy salohiyatlari, kitobxonlik saviyasi va dunyoqarashlarini namoyon etdi. Qizg‘in va murosasiz bahs-munozaralarga boy bo‘lgan tanlov g‘oliblari "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun" nomli gala konsertda tantanali tarzda taqdirlanadi.
Ma'lumot uchun, festival Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston mahallari uyushmasi, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda qator vazirlik va tashkilotlar hamkorligida tashkil etilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q