Jamiyat
17-iyul kuni Savdo-sanoat palatasi bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tadbirkor, Murad Buildings qurilish kompaniyasi asoschisi Murod Nazarov yetti oy avval qabul qilingan Toshkentning 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasiga o‘zgartirishlar kiritish rejalashtirilayotganini aytib, daraxt kesishni qonuniylashtirishni taklif qilgandi.
Vazir o‘rinbosari Davronjon Adilov bo‘lsa Toshkent shahrining bosh rejasini o‘zgartirish masalasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi kun tartibidan o‘rin olmaganini ma’lum qildi.
Vazirlik matbuot xizmati Bosh reja tadbirkorning taklifi yoki tadbirkor g'oyasi bilan o'zgartiriladigan emas, doimiy takomillashib boradigan jarayon ekanini aytgan. Unga ko'ra poytaxt Bosh rejasi tadbirkorning xohishiga ko‘ra emas, balki ilmiy yondashuvlar va jamoatchilik fikri asosida o‘zgartiriladi:
Bosh rejani ishlab chiqishda ilmiy asoslar, shaharsozlik talablari va jamoatchilik fikri ustuvor ahamiyat kasb etadi. 1969-yilda tashkil etilgan "Toshkentboshplanliti" instituti ushbu jarayonda doimiy ravishda ilmiy izlanishlar olib boradi va doimiy ravishda Toshkent va Samarqand shaharlarining bosh rejalarini takomillashtirib boradi.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111052
Jamiyat
94513
Jamiyat
90456
Jamiyat
74525
Jamiyat
//
Izoh yo‘q