Kruiz kemalarida ishlash uchun ish o‘rinlari ochildi

Saqlash
15:32 / 24.07.2025 469 0

Migratsiya agentligi hamda Shimoliy Makedoniya davlatining “Kouzon” korporatsiyasi bilan hamkorlik bitimi imzolangani xabar qilingan edi.

 

Endilikda mazkur hamkorlik natijasida 250 ta bo‘sh ish o‘rni ochildi.

 

Bunda oylik maosh 950–2100 yevrogacha (ish sohasiga qarab) bo‘lib, ish soati (sohaga qarab) grafik asosida belgilanadi.

 

Shartnoma muddati 6 oy etib belgilangan.

 

Xizmat ko‘rsatish sohalari quyidagicha:

▪️ Kafe xodimi;

▪️ Ekipaj ovqatlanish zalida xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

▪️ Bosh ofitsiant;

▪️ Restoran menejeri;

▪️ Restoran nazoratchisi;

▪️ Ofitsiant;

▪️ Yordamchi ofitsiant.

 

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

▪️ Kamida 2 yillik ish tajriba (restoran, mehmonxona, servis sohalarida);

▪️ Yosh chegarasi: 21 dan 45 yoshgacha bo‘lgan erkak va ayollar;

▪️ Kamida o‘rta (litsey, kollej) ma’lumotga ega bo‘lish;

▪️ Ingliz tilini yaxshi bilish (IELTS kamida 5,5 yoki boshqa xalqaro sertifikat);

▪️ Mehmondo‘stlik va jamoada ishlash qobiliyati.

 

Nomzodlarga tibbiy sug‘urta, viza, transport, ovqat, yashash joyi xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi.

 

Xabarda ta’kidlanishicha, nomzodlar ingliz tilida CV (rezyume) tayyorlashi shart. Bunda qaysi korxonada ishlagani, mehnat qilgan yillari hamda lavozim va vazifalari aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

 

Agentlik ro‘yxatdan o‘tish ishga joylashishni kafolatlamasligini, nomzodlar ish beruvchi talabi asosida tanlanishini bildirdi.

 

Murojaat uchun raqam: 71 202-33-55 (ichki raqam 172).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 246
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 57
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 92
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//