
Jamiyat
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamda Makedoniyaning “Kouzon Corporation” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlikda mehnat faoliyatini tashkillashtirish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.
Xabarga ko‘ra, endilikda xorijda ishlash istagida bo‘lgan, ingliz tilini biladigan o‘zbekistonliklarni turistik kemalarida tashkillashtirilgan tarzda ishga joylashtirish imkoniyati yaratiladi.
Ma’lumot uchun, “Kouzon Corporation” 28 yildan buyon dunyo bo‘ylab 18 ta davlatda faoliyat yuritib kelmoqda. Laynerlar — O‘rta yer dengizi, Tinch okeani, Skandinaviya, Boltiq, Karib dengizi kabi yo‘nalishlarda harakatlanadi.
Kompaniya ushbu laynerlarga malakali kadrlarni tayyorlash va ishga joylashtirish bo‘yicha katta tajribaga ega. Yiliga dunyo bo‘ylab 20-25 minggacha mutaxassislarni ish bilan ta’minlaydi.
Kemalardagi oylik maoshlar dastlabki 6 oylik shartnomada 1200 AQSH dollaridan boshlanadi. So‘ngra ikki oy ta’til beriladi va keyingi olti oylik yangi shartnomada tajribaga qarab maosh ko‘tarilib boradi hamda 4000 AQSH dollarigacha yetadi.
Yashash bilan bog‘liq xarajatlar ham kompaniya hisobidan qoplanadi.
Bundan tashqari, tomonlar kelishuviga ko‘ra, ishlash uchun zarur bo‘lgan C1/D tranzit vizasini olish jarayonlari soddalashtiriladi va ish beruvchi tomonidan 45 - 90 kun oralig‘ida rasmiylashtiriladi.
Uchrashuv yakunida mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi ishlab chiqilishi belgilandi.
Sport
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q