Hindistonlik talabalar O‘zbekistondagi tibbiy oliygohda o‘qimaslikka chaqirildi

Saqlash
15:45 / 23.07.2025 408 0

Hindiston Milliy tibbiyot komissiyasi o‘z abiturientlarini Markaziy Amerikadaning Beliz davlatidagi uchta hamda O‘zbekistondagi bitta tibbiyot universiteti filialida tahsil olmaslikka chaqirdi.

 

Qayd etilishicha, quyidagi OTMlar Hindistonning tibbiy ta’lim standartlariga javob bermaydi:

 

  • Markaziy Amerika sog‘liqni saqlash va fanlar universiteti, Beliz;
  • Kolumbiya Markaziy universiteti, Beliz;
  • Vashington sog‘liqni saqlash va fanlar universiteti, Beliz;
  • Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali, O‘zbekiston.

 

Bu chaqiruv Hindistonning Meksikadagi elchixonasi va Tashqi ishlar vazirligining Yevroosiyo bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan. Ushbu muassasalar tibbiy ta’lim bo‘yicha Hindiston tomoni talab qiladigan standartlarga javob bermayotganidan jiddiy xavotir bildirganidan keyin e’lon qilindi. Qayd etilishicha, ushbu muassasalar Hindistonning tibbiy ta’lim standartlariga javob bermaydi, ya'ni ularda zarur akademik va klinik standartlar mavjud emas. Qolaversa, ushbu tibbiyot muassasalarida zarur infratuzilma yo‘qligi, talabalardan haddan ortiq to‘lovlar olinishi, o‘quv sharoiti va ta’lim sifati borasida yolg‘on ma’lumotlar berilgani qayd etilgan. Bundan tashqari, talabalardan ortiqcha to‘lovlar undirilgan va kursni tark etgandan keyin pulni qaytarish rad etilgan.

 

Bu va boshqa sabablarni hisobga olgan holda, talabalarga ushbu muassasalarga kirmaslik qat’iyan tavsiya etilgan. Chet elda tibbiyot bo‘yicha o‘qiyotgan hindistonliklar Xorijiy tibbiyot bitiruvchisi litsenziati qoidalariga qat’iy rioya qilishi zarur. Aks holda Hindistonda tibbiyot bilan shug‘ullanish uchun ro‘yxatdan o‘tishni rad etishga olib kelishi mumkin.

 

Avvalroq hindistonlik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasini tanqid qilgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 243
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 56
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 91
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//