Hukumat ijro apparati va ijro etuvchi organlarning shtat-tuzilmalari qayta ko‘rib chiqiladi

Saqlash
16:48 / 14.07.2025 99 0

Prezident farmoniga ko‘ra, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, takrorlanuvchi nazorat funksiyalarini bekor qilish, qaror qabul qilishda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash nuqtai nazaridan samaradorligi oshiriladi.

 

Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish borasida mahalliy hokimliklarning iqtisodiy, ma’muriy va moliyaviy vakolatlari ham yanada kengaytiriladi.

 

Shuningdek, farmon talablarini inobatga olgan holda, Hukumat ijro apparati va ijro etuvchi organlarning shtat-tuzilmalari ham qayta ko‘rib chiqiladi va maqbullashtiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//