Donald Tramp 36 ta davlat fuqarolarining AQSHga kirishini taqiqlashi mumkin

Saqlash
10:22 / 17.06.2025 79 0

Donald Tramp maʼmuriyati yana 36 davlat fuqarolarining AQSHga kirishini taqiqlash yoki cheklash masalasini koʻrib chiqmoqda. Ular orasida fuqarolari Qoʻshma shtatlardagi terrorchilik harakatlarida yoki “Antisemitizm va Amerikaga qarshi faoliyat”da ishtirok etgan davlatlar, shuningdek, Qirgʻiziston ham bor, deyiladi AQSH departamenti bayonotida.

 

Unga koʻra, davlat departamenti 60 kun ichida belgilangan mezon va talablarga javob bermasa, kirishini toʻliq yoki qisman toʻxtatib qoʻyishni tavsiya etishi mumkin boʻlgan bezovta qiluvchi 36 ta davlat aniqlangan.

 

Davlat departamentiga koʻra, roʻyxatdagi davlatlarning mos kelmaydigan koʻrsatkichlari quyidagilar sanaladi:

 

- hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq muammolar;

- pasportlarning “shubhali xavfsizligi”;

- oʻz fuqarolarini AQSHdan deportatsiya qilishda hamkorlik qilishdan bosh tortish va vizaning buzilishi.

 

Qayd etilishicha, roʻyxatga Angola, Antigua va Barbuda, Benin, Butan, Burkina Faso, Kabo Verde, Kambodja, Kamerun, Kot dʼIvuar, Kongo Demokratik Respublikasi, Jibuti, Dominika, Efiopiya, Misr, Gabon, Gambiya, Gana, Malavi, Qirgʻiziston, Liberiya, Mavi, Nigeriya, Sent Kits va Nevis, Sent Lyusiya, San Tome va Prinsipi, Senegal, Janubiy Sudan, Suriya, Tanzaniya, Tonga, Tuvalu, Uganda, Vanuatu, Zambiya, Zimbabve kirishi mumkin.

 

Avvalroq Tramp 12 davlat fuqarolarining AQSHga kirishini taqiqlab, yettita davlat fuqarolariga maʼlum cheklovlar qoʻygan edi. Toʻliq taqiq Afgʻoniston, Myanma, Chad, Kongo Respublikasi, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan va Yaman fuqarolariga joriy qilingan. Qisman taqiqqa Burundi, Kuba, Laos, Syerra Leone, Togo, Venesuela va Turkmaniston fuqarolari kiritilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//