Jahon
AQSH lideri Donald Tramp dushanbadan boshlab 12 mamlakat fuqarolariga AQSHga kirishni taqiqladi. Yana 7 mamlakat fuqarolari kirishiga qisman cheklovlar oʻrnatilgan. Bu haqda Oq uy tarqatgan prezident deklaratsiyasi matnida qayd etilgan.
Toʻliq taqiq Afgʻoniston, Myanma, Chad, Kongo, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan va Yaman mamlakatlari fuqarolariga amal qiladi. Cheklovlar 9-iyun, dushanbadan kuchga kiradi.
Bundan tashqari, Burundi, Kuba, Laos, Serra-Leone, Togo, Turkmaniston va Venesuela fuqarolariga nisbatan AQSHga kirish uchun qisman taqiq qoʻllaniladi. Cheklovlar ushbu mamlakatlarning har biri uchun maʼlum turdagi vizalarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatda shuningdek, qaror kuchga kirgunga qadar vizalar amal qilishda davom etishi qayd etilgan.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110442
Jamiyat
94391
Jamiyat
90271
Jamiyat
73896
Jamiyat
//
Izoh yo‘q