Taksichilar uchun propiska bo‘yicha hech qanday taqiq qo‘yilmaydi

Saqlash
18:11 / 13.06.2025 64 0

Kuni kecha haydovchilar faqat o‘zining propiskadan o‘tgan hududidagina taksichilik qilishi mumkinligi haqida xabar tarqalgan edi.

 

Transport vaziri Ilhom Mahkamov bugun ushbu vaziyatga izoh berdi.

 

Vazirlar Mahkamasining qarori statistik jihatdan hududlar kesimida hisob olib borish maqsadida qilingan. Litsenziya olishda propiskaga yoki mashinaning davlat raqam belgisiga qaralmaydi.

 

Masalan, Surxondaryo viloyatidan 75 raqam olingan hamda doimiy yashash joyi Boysunda bo‘lsa ham, u istalgan hududda, aytaylik, Toshkentda taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olishi mumkin. Bunga hech qanday taqiq qo‘yilmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//