
Jamiyat
Bugun boʻlib oʻtgan yigʻilishda taʼlim sohasini yanada rivojlantirishda hokimliklarning ishtiroki boʻlishi ham koʻrsatib oʻtildi. Jumladan, endi tuman hokimlari tayanch maktablarda 1 ta kasbiy mahorat xonasini tashkil qilish va uni toʻliq jihozlashga masʼul boʻladi.
Barcha viloyat hokimlari esa Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti andozasi asosida hududlardagi malaka oshirish markazlarini taʼmirlash ishlarini yil oxirigacha yakunlashi shartligi haqida ogohlantirildi. Shuningdek, ularga joriy yilda xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlab, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Qatar, Janubiy Koreya kabi davlatlardan investorlar olib kelib, mahalliy tadbirkorlarga sharoit yaratib, maktab qurilishiga 10 mln dollardan mablagʻni jalb qilish boʻyicha topshiriq berildi.
Shuningdek, barcha hokimlar va taʼlim sohasi rahbarlariga yozgi taʼtil vaqtida barcha taʼlim muassasalarining sport maydonchasi va oʻquv xonalarida yoshlar uchun sport, fan va kasb toʻgaraklarini ochish topshirildi.
Tuman hokimlariga har oyda tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari rahbarlari, maktab direktorlari va bogʻcha mudiralari bilan uchrashib, muammolarni joyida hal qilish vazifasi yuklandi.
Mutasaddilar bundan buyon tuman boʻlimi rahbarlarini taʼlim bilan bogʻliq boʻlmagan birorta yigʻilishga jalb qilib boʻlmasligi haqida qatʼiy ogohlantirildi.
Oldinroq Shavkat Mirziyoyev maktablarga jihoz olib bermagan 16 nafar hokimni tanqid qilgan edi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q