
Jamiyat
Maktab taʼlimi yuzasidan tashkil etilgan videoselektor yigʻilishida oʻtgan yili 1,5 mingta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablarning taʼlim dasturi joriy qilingani taʼkidlandi.
Xabarga koʻra, shundan 300 tasida zamonaviy laboratoriya va oʻquv jihozlari yoʻqligi qayd etilgan.
Ikki yil oldin tarmoqlar talabi asosida 289 ta maktabning 10-sinf oʻquvchilariga 60 turdagi kasblarni oʻrgatish boshlangan edi. Shundan 114 ta maktabga tadbirkorlar biriktirilib, 4 ming nafar oʻquvchi 2 mlndan 5 mln soʻmgacha oylik olmoqda.
Yigʻilishda maktablarga yordam bermagan hokimliklarga toʻxtalib oʻtildi.
Jumladan, Dehqonobod, Gʻuzor, Kosonsoy, Mingbuloq, Uychi, Guliston, Sardoba, Xovos, Boysun, Denov, Shoʻrchi, Muzrabot, Buvayda, Dangʻara, Hazorasp, Xonqa tumanlari hokimlariga bittadan maktabni ushbu tizimga moslashtirish topshirigʻi berilgan edi.
Lekin, ular kasbga oʻqitish uchun na zarur jihoz, na xom ashyo olib bergani tanqid qilindi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q