
Jamiyat
“Abdussamiy” taxallusi bilan ijod qilib kelayotgan shoir Shoxrux Abduvoxidov Adliya vazirligiga murojaat qilib, u tomonidan yozilgan “Qizgʻonaman”, “Soʻnggi nafasgacha”, “Sogʻindim yomon” hamda “Dildora” nomli sheʼrlari xonanda Botir Qodirov tomonidan ruxsatsiz hamda tegishli tartibda mualliflik haqini toʻlamasdan foydalanilganini bildirgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan.
Yakunda, Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudining qaroriga koʻra, Qodirovga nisbatan MJtKning 177 prim 1-moddasining ikkinchi qismi bilan BHMning 8 baravari miqdorida(3 mln soʻm) jarima jazosi tayinlangan.
Maʼlumot uchun, avvalroq shoir “Shamsiddin Sadoiy”ning Adliya vazirligiga qilgan murojaati asosida “Davlating borida”, “Omonat” va “Tingla doʻstim” nomli sheʼrlari xonanda Botir Qodirov tomonidan huquq egasining ruxsatisiz hamda tegishli tartibda mualliflik haqini toʻlamasdan foydalanilgani aniqlangan edi.
Oʻshanda xonandaga BHMning 5 baravari miqdorida (1 mln 875 ming soʻm) jarima jazosi tayinlangan.
Jamiyat
Jahon
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q