
Jamiyat
Sheʼrlari koʻplab sanʼatkorlarni mashhur qilgan shoir xonanda Botir Qodirov ustidan Adliya vazirligiga shikoyat qildi.
Xabarda yozilishicha, “Shamsiddin Sadoiy” tahallusi bilan tanilgan shoir Shamsiddin Toʻrayevning murojaati asosida “Davlating borida”, “Omonat” va “Tingla doʻstim” nomli sheʼrlari xonanda Botir Qodirov tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda mualliflik haqini toʻlamasdan foydalanilganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborilgan.
Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudining qaroriga koʻra, huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) baravari miqdorida – 1.875.000 (bir million sakkiz yuz yetmish besh ming) soʻm jarima jazosi tayinlagan.
Maʼlumot uchun, avvalroq xonanda Yulduz Turdiyeva ham shoirning “Ishqingda kuygan” sheʼrini uning ruxsatisiz “Kuymaslar” nomi ostida kuylab kelgani maʼlum boʻlgan edi. Oʻshanda Adliya vazirligi aralashuvi bilan tomonlar kelishuviga erishilgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 65-moddasiga asosan muallif yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi huquqbuzardan zarar qoplanishi oʻrniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda toʻlanishi lozim boʻlgan tovonni toʻlashini talab qilishga haqli hisoblanadi”, deya eslatib oʻtilgan vazirlik xabarida.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q