Maktablardagi yangi baholash tizimini bekor qilish boʻyicha petitsiya eʼlon qilindi

Saqlash
11:20 / 25.04.2025 66 0

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga maktablardagi yangi baholash tizimini bekor qilish boʻyicha petitsiya joylandi.

 

Iltimosnoma joriy yilning 11-aprelida portalga qoʻyilgan boʻlib, u bugungi kungacha 10 mingdan ortiq (10 536 ta) ovoz toʻplagan. Biroq ushbu arizaga qarshi ovoz berganlar soni ham 10 mingtadan koʻp (10 336 ta).

 

 

Maʼlumot uchun, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Oliy Majlisi Senati kengashining qoʻshma qarori bilan “Mening fikrim” veb-portali orqaliga elektron jamoaviy murojaatlar berish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlangan boʻlib, unga koʻra, murojaat boʻyicha umumiy ovoz berish qoʻllab-quvvatlovchi zarur miqdordagi ovozlar soni toʻplanganidan keyin tugallangan deb hisoblanadi.

 

Bunda agar murojaat kamida 10 mingta qoʻllab-quvvatlovchi ovoz toʻplasa, ariza mutasaddi idoralar (jumladan, Vazirlar Mahkamasi) tomonidan koʻrib chiqiladi.

 

Taʼkidlash lozim, yuqorida nomi keltirilgan nizomda faqat qoʻllab-quvvatlovchi ovozlar haqida soʻz borgan boʻlib, petitsiya bir vaqtning oʻzida qarshi ovozlar olgan taqdirda murojaat rad etilishi haqida norma belgilanmagan.

 

Endilikda, 10 mingdan ortiq ovoz toʻplagan murojaat yuzasidan tegishli davlat idoralari tomonidan rasmiy koʻrib chiqilishi va asoslantirilgan tarzda qaror qabul qilinishi kerak boʻladi.

 

Oldirnoq taʼlim tizimini 5 kunlikka oʻtkazish haqida eʼlon qilingan petitsiya yetarlicha ovoz toʻplagani uchun murojaatni koʻrib chiqish maqsadida Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//