Taʼlim tizimini 5 kunlikka oʻtkazish taklifi Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladi

Saqlash
10:58 / 08.04.2025 740 0

Fuqaro Nabiyev Neʼmatulla Xamidullayevich tomonidan “Mening fikrim” veb-portaliga joylangan “Taʼlim tizimini toʻliq 5 kunlik oʻqish va ish tartibiga oʻtkazish haqida”gi 375-s-p/24-sonli elektron jamoaviy murojaati (bu haqida oldinroq xabar berilgan edi) 2025-yilning 28-mart kunidan 3-aprel kuniga qadar 10 mingdan ortiq ovoz toʻplashga erishdi.

 

Nizom talablariga muvofiq, 10 mingdan ortiq ovoz toʻplagan ushbu murojaat endilikda tegishli vakolatli davlat organi — Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan.

 

Xabarda yozilishicha, “Mening fikrim” veb-portali orqali elektron jamoaviy murojaatlar berish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 35-bandiga koʻra, tegishli vakolatli davlat organi murojaatni koʻrib chiqib, asoslantirilgan qaror qabul qilishi belgilangan.

 

Hozirda murojaatni koʻrib chiqish jarayoni boshlangan boʻlib, natijasi haqida qabul qilingan qaror belgilangan tartibda “Mening fikrim” veb-portalida eʼlon qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//