
Jamiyat
Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamoat birlashmasi tomonidan shoir Shoxrux Abduvoxidovga (“Abdussamiy” taxallusi bilan tanilgan) tegishli “Yaxshimasmi” hamda “Ertaga boramizmi” nomli sheʼrlari muallifning ruxsatisiz ijro etilgani yuzasidan huquqiy chora koʻrilishini soʻrab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan oʻrganib chiqildi.
Maʼlum boʻlishicha, huquqbuzar bastakor Shaxboz Nosirjonov boʻlib, u Rayhon Ganiyeva ijrosidagi “Yaxshimasmi” hamda “Sahar” guruhi solisti Anvar Joʻrayev tomonidan ijro etilgan “Ertaga boramizmi” nomli qoʻshiqlarining sheʼrlaridan muallif ruxsatsiz foydalangan.
Xabarga koʻra, huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborilgach, Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Yashnabod tuman sudida mazkur ish koʻrib chiqilgan.
Yakunda sud qarori bilan Sh.Nosirjonovga MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 2 (ikki) baravari miqdorida (750 ming soʻm) jarima jazosi tayinlangan.
Xabarda eslatilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 65-moddasiga asosan, muallif yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi huquqbuzardan zarar qoplanishi oʻrniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha (hozirda 7,5 mln soʻmdan 375 mln soʻmgacha) miqdorda toʻlanishi lozim boʻlgan tovon pulini talab qilishga haqli hisoblanadi.
Vazirlik matbuot xizmatining yozishicha, soʻnggi vaqtlarda musiqiy asarlardan muallif ruxsatisiz foydalanish holatlari yuzasidan Adliya vazirligiga qilingan murojaatlar soni sezilarli darajada ortib bormoqda.
Oldinroq xuddi shunday holat boʻyicha Botir Qodirov javobgarlikka tortilgan edi.
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q