
Jamiyat
Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, yillik 14 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilganidan xabaringiz bor.
Shu sababli ham qayta moliyalashtirish stavkasi va soliq qarzi uchun penya hisoblanish miqdoriga ham oʻzgartirish kiritildi.
Penyaning foiz stavkasi Markaziy bankning shu davrda amalda boʻlgan qayta moliyalash stavkasi(14 foiz)ning 1/300 qismiga teng etib qabul qilinadi.
Bunda, misol uchun, toʻlanmagan soliq qarzi 500 ming soʻm miqdorida boʻlsa, uning uchun penya quyidagi tartibda hisoblanadi:
500 000 x (14%/300) = 233,33 soʻm.
Shu hisobda, soliq qarzini toʻlash bir kunga kechiktirilganda 233,33 soʻm penya hisoblanadi.
Qarzdor toʻlashi mumkin boʻlgan qarzni shu tarzda hisoblab, qarziga qoʻshilishi kutilgan boʻlgan penyani bilib olishi mumkin (bunda qarz summasi 14 foiz(0,14)ga koʻpaytiriladi va chiqqan son 300 ga boʻlinadi).
Maʼlumot uchun, penya soliq toʻlovchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan soliqlarni toʻlash muddatlarini buzgan taqdirda toʻlanmagan soliq summasiga nisbatan kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun foizlarda hisoblanadi.
Hisoblangan penyalar ham soliq qarzi sanaladi va ularga nisbatan soliq organlari tomonidan majburiy undiruv choralari qoʻllaniladi.
Moliyalashtirish stavkasi joriy yilning 24-mart kunidan amalga tatbiq etildi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q