
Jamiyat
Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib yillik 14 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilganidan xabaringiz bor.
Mazkur harakat inflyatsion xatarlar bilan izohlangan. Yaʼni regulyator 5 foizlik inflyatsion targetga erishish uchun asosiy stavkani koʻtarishga toʻgʻri kelgan.
Hozirda yillik inflyatsiya 10,1 foizni tashkil qiladi. 14 foizlik asosiy stavka esa yil oxirida inflyatsiya 7-8 foiz atrofida boʻlishiga yordam beradi.
Xoʻsh, asosiy stavkaning koʻtarilishi qanday taʼsir qiladi?
Bunda birinchi navbatda asosiy stavkaga bogʻlangan kreditlar foizi oshadi. Jumladan:
▪️ Uylarni qurish va rekonstruksiya qilish kreditlari – 17,5 foizdan 18 foizga;
▪️ IQMK (Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi) resurslaridan yangi uylar uchun ipoteka kreditlari – 19,5 foizdan 20 foizga;
▪️ Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasining asosiy stavkaga bogʻlangan kreditlari – 0,5 foizga.
Shuningdek, asosiy stavkaning koʻtarilishi taʼsir qilmaydigan kreditlar ham mavjud. Xususan:
➖ Imtiyozli taʼlim kreditlari asosiy stavkaga bogʻlangan boʻlsa-da, ularning foiz stavkasi oʻzgarmaydi va 13,5 foizligicha qoladi;
➖ Oilaviy tadbirkorlik uchun kreditlarning bir qismi bilan ham xuddi shunday. Asosiy stavka oshgan boʻlsa-da, foiz stavkasi oʻzgarmaydi.
Bundan tashqari, baʼzi omonatlar uchun foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasiga bogʻlangan boʻladi. Bu esa ularning foizi ham 0,5 foizga oshishini anglatadi. Omonat foizi oshishi yoki oshmasligini bank bilan tuzilgan shartnomadan tekshirib olish mumkin.
Taʼkidlanishicha, uzoq muddatda asosiy stavkaning koʻtarilishi iqtisodiyot biroz keskinroq ushlab turilishini bildiradi va bu inflyatsiyani jilovlashga yordam beradi.
Apreldan kommunal toʻlovlarning narxi yana oshadigan bir paytda, regulyatorning qarori mantiqiy boʻlib koʻrinadi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q