“Ochiq budjet” portalida gʻolib loyihalar roʻyxati e’lon qilindi

Saqlash
10:07 / 21.03.2025 500 0
Foto: «Gazeta.uz»

“Ochiq budjet” portalida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2025-yilgi 1-mavsumi g‘olib loyihalari e’lon qilindi.

 

Qayd etilishicha, jarayonlarda Respublika bo‘ylab jami 10 mln 450 mingta ovoz berilgan. Mazkur mavsumning yakuniy natijalarga koʻra, 3,2 trln soʻmlik 2 369 ta loyiha gʻolib deb topilgan.

 

Quva tumanida fuqarolar majburiy ovoz to‘plashga jalb etilishi holati qayd etilgani sababli majburiy ovoz to‘plangan loyihalarga aniqlik kiritilmoqda, o‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur tuman bo‘yicha g‘olib loyihalar qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.

 

Portalda shuningdek, jarayonlarda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorlik bildirgan holda “Tashabbusli budjet” loyihasining keyingi mavsumlarida ham faol bo‘lish so‘rabalgan

 

Gʻolib boʻlgan loyihalar bilan bu yerda tanishish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//