Majburiy ovoz yigʻilgan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatilmoqda

Saqlash
11:47 / 18.03.2025 177 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati Quva tumanidagi 37-maktabda majburiy ovoz berish holatlari yuzasidan xabarlar tarqaldi.

 

Mazkur holatlar tegishli vakolatli organlar tomonidan oʻrganilganda haqiqatan ham ushbu maktabda xodimlar majburiy ovoz berishga jalb etilgani tasdiqlangan.

 

Shu munosabat bilan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mazkur maktabda majburiy ovoz toʻplangan loyihalarni ovoz berish bosqichidan chetlatish yuzasidan tegishli tuman Xalq deputatlari kengashiga taqdimnoma yuborilgan.

 

Xabarda “Tashabbusli budjet” jarayoni doirasida majburiy ovoz berishga jalb etish — majburiy mehnat sifatida baholanishi eslatib oʻtilgan.

 

Ovoz toʻplashga majburlash holatlariga duch kelgan fuqarolar zudlik bilan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 71 200-06-00 ishonch raqamiga qoʻngʻiroq qilishi soʻralmoqda.

 

“Majburiy ovoz toʻplangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//