
Madaniyat
Kecha Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida boʻlib oʻtgan Qirgʻiziston va Tojikiston rahbarlari oʻrtasidagi muzokaralar chogʻida Sadir Japarov Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston Navroʻz bayramini birgalikda nishonlashini maʼlum qildi.
U xalqlar oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlash muhimligini qoʻshimcha qilar ekan, bunda qoʻshma madaniy tadbirlar alohida oʻrin tutishini urgʻulagan.
“Shu oʻrinda 31-mart kuni Xoʻjand shahrida nishonlanadigan Navroʻz bayramining ahamiyatini alohida taʼkidlamoqchiman. Men taklif uchun minnatdorchilik bildiraman va ishtirokimni tasdiqlayman. Ishonamanki, Navroʻz bayramini birgalikda nishonlash Markaziy Osiyo xalqlarining tinchligi va birligi ramzi boʻlgan yaxshi anʼanaga aylanadi”, degan Qirgʻiz Respublikasi rahbari.
Emomali Rahmon ham, oʻz navbatida, Sadir Japarovga Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston prezidentlarining Xoʻjandda boʻlib oʻtgan uch tomonlama uchrashuvida ishtirok etishini tasdiqlagani uchun minnatdorchilik bildirgan.
Maʼlumot uchun, joriy yilning 31-mart sanasida Tojikistonning Xoʻjand shahrida Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston prezidentlari ishtirokida tarixda ilk bor uch tomonlama sammit boʻlib oʻtadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q