Siyosat
Jenevada boʻlib oʻtgan BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining 58-sessiyasida Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari Edil Baysalov joriy yilning 31-martida Tojikistonning Xoʻjand shahrida Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston prezidentlari ishtirokida tarixda ilk bor uch tomonlama sammit boʻlib oʻtishini maʼlum qildi.
Uning taʼkidlashicha, Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasidagi davlat chegarasi chizigʻi uzil-kesil kelishib olingan. Baysalov bu voqeani “diplomatiya va siyosiy irodaning tarixiy gʻalabasi” deb atagan.
Shuningdek, Qirgʻiziston rasmiysi erishilgan kelishuv Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovning “mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash yoʻlidagi tinimsiz saʼy-harakatlari” tufayli amalga oshganini urgʻulagan.
Xabarga koʻra, mart oyining oxiriga rejalashtirilgan Xoʻjand sammiti uch mamlakat oʻrtasidagi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam boʻladi. Unda yetakchilar Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va farovonlikni taʼminlashga qaratilgan hamkorlikning asosiy masalalarini muhokama qiladi.
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
112364
Jamiyat
95028
Jamiyat
91220
Jamiyat
75932
Jamiyat
//
Izoh yo‘q