Jamiyat
O‘tgan yil yakunida Dallasdagi Texas universitetida joylashgan Mundus Artium Press xalqaro nashriyoti o‘zining nufuzli adabiy mukofoti g‘oliblarini e’lon qilgan edi. Nashriyot tomonidan "Yil yozuvchisi" sifatida o‘zbekistonlik taniqli yozuvchi Nazar Eshonqul, adabiyot bo‘yicha oliy mukofotga esa shoira Xosiyat Rustamova loyiq ko‘rilgan.
(1).jpg)
Mukofotlarni egalariga topshirish marosimi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. Taniqli shoir va yozuvchilar, talaba-yoshlar, keng jamoatchilik vakillari hamda jurnalist-blogerlar ishtirok etgan tadbirda shoir, yozuvchi, Mundus Artium Press nashriyoti rahbari Jekyo Marinaj ham qatnashib, mukofotlarni ijodkorlarga shaxsan topshirdi.
Marosimda O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov, tarjimon Qosimjon Mamirov, taniqli shoir Odil Ikrom va boshqa mehmonlar so‘zga chiqib, adib va shoirani mukofot bilan samimiy qutlab, o‘zbek adabiyotini dunyoga tanitishda qo‘shayotgan hissalari uchun minnatdorchilik bildirishdi.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111087
Jamiyat
94521
Jamiyat
90464
Jamiyat
74562
Jamiyat
//
Izoh yo‘q