Siyosat
Polkovnik Ravshan Sultanxoʻjayev Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu lavozimga qadar u 2023-yil avgust oyidan buyon Xorazm viloyati IIB boshligʻi lavozimida ishlab kelgan. 2021−2023-yillarda Toshkent shahri IIBB boshligʻining oʻrinbosari — Huquqbuzarliklar profilaktikasi departamenti boshligʻi, ungacha esa poytaxt IIBB tashkiliy boshqarmasi boshligʻi, shuningdek, IIV tezkor tergov boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
Avvalroq sobiq shahar IIBB boshligʻi Aziz Toshpoʻlatov Ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111762
Jamiyat
94663
Jamiyat
90656
Jamiyat
75254
Jamiyat
//
Izoh yo‘q