Jamiyat
AQShdan deport qilinib, Kosta-Rikaga yuborilishi rejalashtirilgan, lekin Vatanga qaytish niyatida boʻlgan 7 nafar fuqaro 24-fevral kuni Oʻzbekistonga olib kelindi. Bu haqda TIV matbuot kotibi Ahror Burhanov maʼlum qildi.
Ular AQSh tomoni bilan olib borilgan muzokaralar natijasida “Nyu-York–Toshkent” yoʻnalishida vatanga qaytarilgan. Burhanov boshqa tafsilotlarga toʻxtalmagan.
Maʼlumot uchun, Kosta-Rika Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston va Hindiston kabi davlatlarning AQShdan deportatsiya qilingan 200 nafar fuqarosini qabul qilishga rozilik bildirgan edi. Rejaga koʻra, muhojirlar ushbu mamlakatda olti haftagacha ushlab turilishi va shundan soʻng vataniga joʻnatiladi.
Bungacha ular maxsus joyda saqlanadi va ushbu hududni tark eta olmaydi.
TIV matbuot kotibi diplomatik vakolatxonalar Oʻzbekistonning barcha fuqarolariga, ular qayerda boʻlishidan qatʼiy nazar, har tomonlama yordam koʻrsatishini aytgan edi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94516
Jamiyat
90459
Jamiyat
74536
Jamiyat
//
Izoh yo‘q