![](/storage/posts/February2025/mjEt5jMpLgFqdUolJxgO-small.jpg)
Jamiyat
Xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha 2024-yilda amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish va 2025-yil uchun asosiy vazifalarni belgilab olish maqsadida tashkil etilgan videoselektor yigʻilishicha, Prezident xizmatlar sohasida raqobatbardoshlikni oshirish bevosita hudud va tarmoqlarni raqamlashtirish darajasi bilan bogʻliqligini taʼkidladi.
Kadastr agentligiga koʻchmas mulk manzillarining yagona reyestrini tez fursatda oxiriga yetkazish koʻrsatib oʻtildi. Barcha turdagi yoʻlovchi transportiga chipta olish imkonini beradigan yagona platformani ishga tushirish kechikayotgani boʻyicha Transport vazirligi tanqid qilindi.
“Takror aytaman. Qaysi rahbar raqamlashtirishni kechiktirsa – ochiqlik siyosatimizga qarshi chiqqan boʻladi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yigʻilishda Vazirlar Mahkamasiga har bir vazir va hokimga raqamlashtirish boʻyicha alohida KPI, aniq vazifa va muddatlarni belgilab berish topshirildi.
Bunda Turizm qoʻmitasi turistlar mehmonxona, dam olish maskanlarini “bron” qilish, avia va temir yoʻl, muzey, teatrga chipta sotib olish, gid va tarjimonlarni yollash kabi xizmatlarni masofadan turib olish imkonini beradigan yagona platformani ishga tushirishi, Tashqi ishlar va Adliya vazirliklari esa Oʻzbekistonga kirish uchun elektron vizani 3 kunda rasmiylashtirish imkonini yaratishi kerakligi misol sifatida keltirildi.
Oldinroq Prezident rivojlanmayotgan tumanlarni tanqid qilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q