![](/storage/posts/February2025/mjEt5jMpLgFqdUolJxgO-small.jpg)
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilayotgan videoselektor yigʻilishida hamma hududlarda ham xizmatlar birdek rivojlanmayotgani taʼkidlandi. Misol uchun, Nukus tumanida oʻtgan yili 363 milliard soʻmlik xizmatlar koʻrsatilib, 22 foizga oʻsgan. Lekin aholisi undan 2 baravar koʻp boʻlgan Guliston tumanida xizmatlar hajmi Nukus tumanidan 30 milliard soʻmga kam.
Namangan shahrida esa jon boshiga toʻgʻri keladigan xizmatlar 13 million soʻmga ham yetmasligi (Jizzax shahrida – 33 million soʻm) hali ham “xufiyona iqtisodiyot” yuqoriligidan dalolat beradi.
Davlat rahbari Nishon, Yangiqoʻrgʻon, Narpayda IT xizmatlari ancha orqadaligi, Samarqand va Yangiyer shahri, Mirzaobod, Mirzachoʻlda moliyaviy xizmatlar hajmi pasaygani, Qarshi shahri, Jomboy, Urgut, Urganch, Uchtepa tumanlarida savdo oʻsmayotgani, Fargʻonaning 7 ta tumanida tibbiy xizmatlar hajmi qisqarganini aytib, ularni tanqid qilindi.
Yigʻilishda barcha vazir va hokimlar yangi-yangi xizmat turlarini koʻpaytirish boʻyicha har kuni izlanishda boʻlishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Xabarda yozilishicha, bu yilda xizmatlar hajmini 15 foizga oshirib, 82 milliard dollarga, eksportini esa 8,5 milliard dollarga olib chiqish, sohada 2,5 million odamni daromadli qilish boʻyicha katta marra olingan.
Maʼlumot uchun, videoselektor yigʻilishi xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha 2024-yilda amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish va 2025-yil uchun asosiy vazifalarni belgilab olish maqsadida tashkil etilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q